Asosiy qismga oʻtish
Naturelle: suyuq sovun yangi qadoqda →

Oshxonadagi yogʻni ketkazish

Plita, tortma va kafeldagi yogʻni toza va xavfsiz ketkazish.

· 3 daqiqa

Yogʻ plitada, tortmada va plita yonidagi kafelda yigʻiladi. U qanchalik eski boʻlsa, shunchalik qiyin ketadi, shuning uchun uni tez-tez artgan maʼqul.

Plita sovuq boʻlsin

Vositani faqat sovugan yuzaga purkang. Issiq plitada vosita tez quriydi va dogʻ qoldiradi.

Purkang, kuting, arting

Antijirni yogʻli joyga purkang va qadoqda yozilgan vaqtcha kuting. Keyin namlangan mikrofibra salfetka bilan arting va toza suv bilan yuving.

Tortma panjarasi uchun

Panjarani yechib oling va issiq suvga bir necha tomchi idish yuvish geli qoʻshib ivitib qoʻying. Keyin gubka bilan yuvib, quriting.

Nimadan ehtiyot boʻlish kerak

Shisha-keramik plita va boʻyalgan yuzalarni tozalash kukuni yoki metall moʻchalka bilan ishqalamang. Ishlashdan oldin vosita qaysi yuzalarga mosligini qadoqdan tekshiring.

Har doim qadoqdagi koʻrsatmani oʻqing. Turli vositalarni bir-biriga aralashtirmang.

QoʻngʻiroqHamkor boʻlish